SinoPowell Capital kompaniyasi vakili bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-05-13 17:45:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari O.Nasritdinxodjayev hamda SinoPowell Capital (AQSh) kompaniyasi boshqaruvchi direktori Stiv Pauell bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida so‘nggi yillarda amalga oshirilayotgan islohotlar, “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ loyihalari, istiqbolli hamkorlik aloqalarini mustahkamlash masalalari muhokama etildi.


