“INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi
2025-04-28 17:35:00 / Yangiliklar
2025-yil 28-aprel kuni Toshkent shahrida “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘z ishini boshladi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi ko‘rgazmada so‘nggi yillarda sohada erishilgan yutuqlar namoyish etilgan keng ko‘lamli ekspozitsiya bilan ishtirok etmoqda.
Ko‘rgazmaning ekspozitsiyasi va ishbilarmonlik dasturi quyidagi yo‘nalishlarni qamrab olgan: mashinasozlik, axborot va telekommunikatsiya texnologiyalari, metallurgiya va materiallar, infratuzilmani rivojlantirish hamda energetika sohasidagi yechimlar.
Ko‘rgazma joriy yilning 30-apreliga qadar davom etadi. Keyingi kunlarda vazirlik tomonidan bir qator hamkorlar bilan ikki tomonlama kelishuvlarni imzolash rejalashtirilgan.









