Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik masalalari bo‘yicha belgilangan vazifalarni bajarilishi yuzasidan iqtisodiy o‘qish tashkil etildi
2025-04-25 17:25:00 / Yangiliklar

Mazkur iqtisodiy o‘qishda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi markaziy apparati tarkibiy bo‘linmalari rahbarlari, tizim tashkilotlarining masʼul mutaxassislari ishtirok etishdi.
Iqtisodiy o‘qish mavzusiga muvofiq, Kon-geologiya vazirligining Murojaatlar bo‘limi bosh mutaxassisi M.Xasanov hamda Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi mas‘ul xodimi A.Omonov tomonidan ma’ruzalar qilindi.
Shuningdek, Samarqand va Qorovulbozor tumanlari hokimlarining moliya-iqtisodiyot va kambag‘allikni qisqartirish masalalari bo‘yicha birinchi o‘rinbosarlari F.G‘aniyev va G‘.Niyozov tomonidan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi mas’ullari bilan hamkorlikda amalga oshirilgan ishlar bo‘yicha hisobotlari eshitildi.
Yig‘ilish davomida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligiga yuklatilgan vazifalar va ularning ijrosini samarali tashkil etish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar haqida to‘xtalib o‘tildi.




