“O‘zbekistonda xavfli geologik jarayonlar va foydali qazilmalar uchun integratsiyalashgan boshqaruv tizimini yaratish” loyihasi yuzasidan tadbir tashkil qilindi
2025-04-23 17:15:00 / Yangiliklar

Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda uning tizimosti korxonalari, Janubiy Koreyaning KOICA, KOMIR, KIGAM, SOAM, Argonet kompaniyalarining rahbar va mutaxassislari ishtirok etdi.
Tadbirda loyihaning maqsadi – geologik ma’lumotlarni boshqarishning Yagona tizimini yaratish va toʻliq raqamlashtirish hamda xavfli geologik jarayonlar yoʻnalishini raqamli modernizatsiya qilishdan iborat ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, loyihaga ko‘ra xavfli geologik jarayonlarni monitoring qilish tizimi zamonaviy masofadan o‘lchash asbob-uskunalari bilan jihozlanadi va tahliliy axborot tizimi yaratilishi, Davlat geologiya fondidagi elektron nusxasi yaratilgan hisobotlar toʻliq raqamlashtirilishi, geologik xaritalar raqamli GAT formatiga o‘tkazilishi, loyihani amalga oshirish natijasida, Davlat geologiya fondining raqamli maʼlumotlar bazasi shakllantirilishi, O‘zbekiston va Koreya davlatlarida ixtisoslashtirilgan maxsus o‘quv seminar-treninglari tashkillashtirilishi qayd etildi.









