“Navoiyuran” davlat korxonasi ESG reytingini oldi
2025-04-11 16:25:00 / Yangiliklar
“Navoiyuran” davlat korxonasi “Sustainable Fitch” xalqaro reyting agentligi tomonidan ESG reytingi “3” darajasida, 55 ball ko‘rsatkich bilan baholandi. Ushbu baho korxonaning mas’uliyatli boshqaruv, barqaror rivojlanish va ochiqlikka sodiqligini tasdiqlaydi.

“Sustainable Fitch” reyting agentligi o‘z hisobotida “Navoiyuran” DKning barqarorlik strategiyasini bosqichma-bosqich joriy etayotgani, milliy va xalqaro me’yorlarga qat’iy amal qilayotganini ijobiy baholadi.
Hisobotda korxonaning ekologik siyosati, asosiy ko‘rsatkichlarning oshkora e’lon qilinishi hamda oxirgi yillarda ekologik hodisalarning qayd etilmagani va Radioaktiv chiqindilarni boshqarish O‘zbekiston Respublikasining “Radiatsion xavfsizlik to‘g‘risida”gi qonuniga to‘liq mos ravishda amalga oshirilishi, Sog‘liqni saqlash vazirligi nazorati ostida olib borilayotganligini alohida ta’kidlangan.
