Angren ko‘mir koni hududida ilmiy-geologik qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda
2025-04-10 16:30:00 / Yangiliklar
Geologiya fanlari universiteti Geologiya va geofizika instituti “Litologiya va cho‘kindi rudogenez” laboratoriyasi xodimlari tomonidan Angren ko‘mir koni hududida ilmiy-geologik qidiruv ishlari olib borilmoqda.

Tadqiqotlar ko‘mir qatlamlarini qamrab olgan tog‘ jinslarining litologik tarkibi va lito-fatsial joylashuv xususiyatlarini aniqlashga qaratilgan.
Dala ishlari davomida turli gorizontlardagi cho‘kindi jinslarning tarkibi, struktura va yuzaga chiqish shakllari o‘rganilmoqda. Ushbu ma’lumotlar asosida havzaning paleogeografik rivojlanishi va cho‘kindi rudogenez jarayonlarining ilmiy asoslari aniqlanadi.
Mazkur ishlanmalar konning istiqbolli qatlamlarini baholash va yangi geologik model yaratishda muhim ahamiyat kasb etadi.



