Geologiya fanlari universitetida Geologlar kuni nishonlandi
2025-04-07 15:45:00 / Yangiliklar
Geologiya fanlari universitetida 7-aprel kuni Geologiya sohasi xodimlari kuni munosabati bilan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Unda universitet rahbariyati, professor-o‘qituvchilar, talabalar va ilmiy tadqiqot institutlari vakillari ishtirok etdi.
Shuningdek, tadbirda universitet va uning tarkibiga kiruvchi muassasalarda samarali faoliyat yuritayotgan bir guruh xodimlarga faxriy yorliqlar, tashakkurnomalar va esdalik sovg‘alari topshirildi.



