“NKMK” AJning istiqbolli konlaridan biri “Besapantov” haqida
2025-04-04 17:55:00 / Yangiliklar

Mazkur kon tarkibidagi “Besapantov” va “Balpantov” karyerlarida murakkab kon-geologik tuzilishga ega maʼdanlarni qazib olish ishlari olib borilmoqda. Burg‘ilash va portlatish ishlarini bajarishda “Epiroc” rusumli burg‘ilash uskunalari, “Hitachi”, “Komatsu”, “Liebherr” rusumli gidravlik ekskovatorlar, “Komatsu”, “Catarpillar” rusumli avtoag‘dargichlar qariyb 60 ta og‘ir konchilik texnikalaridan foydalanilmoqda.
Qazib chiqarilayotgan tog‘ jinslari temir yo‘l orqali 2-gidrometallurgiya zavodiga qayta ishlash uchun tashilmoqda. Kelajakda “Besapantov” karyerining uzunligi qariyb 1 750 metr, eni 1 050 metr va chuqurligi 300 metrni hamda “Balpantov” karyerining uzunligi qariyb 1 370 metr, eni 1 350 metr va chuqurligi 200 metrni tashkil etadi. Konda yiliga 12 mln. tonnadan ortiq maʼdan qazib olinishi rejalashtirilgan.


