Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2025-03-24 17:50:00 / Yangiliklar
2025-yil 24-mart kuni O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti a’zolari bilan uchrashuv tashkil qilindi.

Uchrashuvda Yoshlar parlamenti a’zolariga vazirlik hamda uning tizimosti korxonalarida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirish yuzasidan qilinayotgan ishlar xususida ma’lumot berildi.
Shuningdek, Yoshlar parlamentining asosiy ustuvor vazifalari, vazirlik bilan hamkorlik aloqalari, yangi loyihalar va tadbirlar bo‘yicha fikr almashildi.



