“Navoiyuran” DK “Orano Mining” hamda Itochi korporatsiyasi o‘rtasida uch tomonlama kelishuv imzolandi
2025-03-13 17:45:00 / Yangiliklar
Fransiyaning Parij shahrida “Orano Mining” (Fransiya) kompaniyasi, “ITOCHU” korporatsiyasi (Yaponiya) va “Navoiyuran” davlat korxonasi o‘rtasida Navoiy viloyati Tomdi tumani hududida joylashgan “Jongeldi” konida 2025-yil yakuniga qadar uran ishlab chiqarishni boshlash hamda kompaniya bilan amalga oshirilayotgan boshqa loyihalarda geologiya-qidiruv ishlarini jadallashtirish maqsadida uch tomonlama kelishuv tuzildi.

Kelishuvga muvofiq “Jongeldi” konini o‘zlashtirishning birinchi bosqichida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra umumiy kapital qo‘yilmalar miqdori 3 yil davomida 214 mln dollarni hamda yillik uran qazib olish o‘rtacha 500 tonnani tashkil etishi kutilmoqda.
Kelishuv shartlariga ko‘ra, “Jongeldi” koni asosiy sarmoyadorlari xorijiy kompaniyalar bo‘ladi. Uran qazib olish tannarxini qisqartirish hamda loyiha doirasidagi ishlab chiqarish jarayonlarini mavjud sanoat quvvatlariga integratsiya qilish maqsadida loyihaning boshqaruvchi operatori “Navoiyuran” DK etib belgilanmoqda.
