“Shaxta ko‘tarish qurilmalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi Hukumat qarori loyihasi ishlab chiqildi
2025-03-13 17:35:00 / E’lonlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan Vazirlar Mahkamasining “Shaxta ko‘tarish qurilmalarining xavfsizligi to‘g‘risidagi texnik reglamentni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi ishlab chiqildi.
Ushbu texnik reglament bo‘yicha takliflar bo‘lsa Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Kon-geologiya nazorati va davlat xizmatlari bo‘limiga (bosh mutaxassis Alimov Asliddin Amriddin o‘g‘li +998 71 231 14 57) hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi (boshliq o‘rinbosari Maysupov Xikmatilla Tursunkulovich +99893-182-08-90)ga murojaat qilishingiz so‘raladi.
