“Mashina va qurilmalar xavfsizligiga doir texnik reglamentni ishlab chiqish va tasdiqlash” hamda “Portlovchi moddalar va ular asosidagi vositalar xavfsizligiga doir texnik reglamentni tasdiqlash” haqida VMQ loyihalari ishlab chiqildi
2025-03-11 14:50:00 / E’lonlar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligining faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2024-yil 28-fevraldagi PQ-91-son qarori ijrosini taʼminlash maqsadida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tomonidan “Mashina va qurilmalar xavfsizligiga doir texnik reglamentni ishlab chiqish va tasdiqlash” hamda “Portlovchi moddalar va ular asosidagi vositalar xavfsizligiga doir texnik reglamentni ishlab chiqish va tasdiqlash” to‘g‘risidagi texnik reglamentlar ishlab chiqildi, ushbu texnik reglamentlar tegishli vazirlik va idoralar tomonidan o‘rganib chiqilmoqda.
Texnik reglamentlar loyihalari bo‘yicha takliflar bilan Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Kon-geologiya nazorati va davlat xizmatlari bo‘limi bosh mutaxassisi Alimov Asliddin Amriddin o‘g‘li (+99871 2311457) hamda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi huzuridagi Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish inspeksiyasi boshliq o‘rinbosari Maysupov Xikmatilla Tursunkulovich (+99893 1820890) ga murojaat qilish mumkin.
