Kon-geologiya vazirligida bayram shukuhi
2025-03-07 12:15:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 7-mart kuni Xalqaro xotin-qizlar bayrami arafasida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida mehnat qilayotgan ayollarga erta tongdan yaxshi kayfiyat ulashildi.

Vazirlik binosiga kelayotgan ayollar, qizlarga bayramona muhitda rahbariyat, xodimlar nomidan gullar hamda esdalik sovg‘asi topshirildi.
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi jamoasi aziz ayollarni yaqinlashib kelayotgan bahorning nafis bayrami bilan yana bir bor muborakbod etadi!









