Kon-geologiya sohasi matbuot kotiblari uchun seminar-trening o‘tkazildi
2025-02-28 16:10:00 / Yangiliklar

Seminar treningda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimosti korxona hamda tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan matbuot kotiblari, Axborot xizmatlari xodimlari ishtirok etishdi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘lim boshlig‘i M.Parpiyev, PR-xizmatlar faoliyati, matbuot pullini to‘g‘ri tashkil etish, PR-strategiya tuzish, inqirozli vaziyatlarda maqbul yechimlar topish bo‘yicha taqdimot qildi.
Shuningdek, AOKA mas’ul xodimi M.Fayziyev Axborot xizmatlari faoliyatida sun’iy intellekt texnologiyalaridan unumli foydalanish, fotosuratlar hamda videotasvirlarga AI texnologiyalari yordamida ishlov berish va sohaga aloqador boshqa zamonaviy texnologiyalar haqida ma’lumot berdi.









