Geologiya fanlari universiteti delegatsiyasi Frayberg konchilik akademiyasida bo‘lishdi
2025-02-04 17:25:00 / Yangiliklar

Delegatsiya vakillari Mineralogiya instituti rahbari professor Gerhard Heide bilan uchrashib, o‘zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilishdi. Safar davomida institutga qarashli namunalar muzeyi bilan tanishildi.
Geologiya fanlari universiteti va Frayberg konchilik akademiyasi o‘rtasida akademik mobillik dasturini rivojlantirish bo‘yicha qo‘shma memorandum imzolashga kelishib olindi.
Kelishuvga ko‘ra, GFUdan 2 nafar bakalavr va 2 nafar magistratura talabasi bir semestr davomida Frayberg konchilik akademiyasida tahsil olish imkoniyatiga ega bo‘ladi.
Shuningdek, Geologiya fanlari universiteti vakillari akademiyaning “Xalqaro markazi” boshlig‘i Yuliya Sishchuk bilan uchrashuvda xalqaro markazning ishlash tizimi, kadrlar birligi va xalqaro talabalar bilan olib borilayotgan ishlar haqida ma’lumotlar olishdi.


