“O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ “Uzliti Engineering” bilan hamkorlik qiladi
2024-11-28 09:50:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi “O‘zbekiston texnologik metallar kombinati” AJ hamda “Uzliti Engineering” kompaniyasi vakillarining uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda konchilik sohasida zamonaviy texnologiyalardan foydalangan holda loyihalash ishlarini amalga oshirish borasida hamkorlik masalalari muhokama qilinib va ikki tomonlama kelishuv memorandumi imzolandi.
“Uzliti Engineering” – sanoat obyektlarini loyihalash xizmatlarini koʻrsatish sohasida faoliyat yuritib kelayotgan yetakchi injiniring kompaniyalaridan biri. Kompaniya aqlli texnologik sxemalarni yaratish, 3D modellashtirish, yagona axborot sohasida loyihalarni ishlab chiqish faoliyatini amalga oshiradi.




