“Navoiyuran” DK Standard&Poorʻs Global Ratings agentligining reytingini oldi
2024-11-22 17:55:00 / Yangiliklar
Xalqaro moliya bozorlari ishtirokchilari uchun xalqaro reytinga ega boʻlgan kompaniyalar toʻgʻrisida mustaqil tahlil asosida maʼlumotlar va xulosalar beruvchi Standard&Poorʻs Global Ratings agentligi “Navoiyuran” DKning uzoq muddatli defolt reytingi (Long term issuer default rating) BB-/barqaror (Stable) va yakkalangan kredit profili (Stand alone credit profile) BB-ekanligini belgilab, Oʻzbekiston hududidagi yirik sanoat davlat korxonalari ichida ikkinchi oʻrinni egallaganligini tasdiqladi.

Standard&Poorʻs Global Ratings hisobotiga koʻra “Navoiyuran” DK jahonda uran ishlab chiqarish boʻyicha 5-oʻrinda ekanligi, korxonaning ishlab chiqarish xarajatlari uran ishlab chiqaruvchi nufuzli xorijiy kompaniyalarga nisbatan eng past ekanligini qayd etdi.
