“O‘zbekistonning barqaror rivojlanishida geologik muammolarning fundamental, amaliy va innovatsion yеchimlari” respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tdi
2024-11-07 17:45:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 7-noyabr kuni Geologiya fanlar universitetida “O‘zbekiston Respublikasining barqaror rivojlanishida geologik muammolarning fundamental, amaliy va innovatsion yеchimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazildi.
Anjumanda mamlakatimiz, shuningdek Xitoy, Italiya, Fransiya va Tojikistondan mutaxassislar va yetakchi olimlar ishtirok etdi, geologiya va geofizika sohasidagi muhim mavzular hamda ularning zamonaviy yechimlari 6 asosiy sho‘baga bo‘lingan holda muhokama qilindi.
Tadbir doirasida respublika miqyosida ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, yangi innovatsion yechimlarni amaliyotga tatbiq etish bo‘yicha dolzarb takliflar ilgari surildi.
8-noyabr kuni anjuman ishtirokchilari uchun Toshkent viloyatidagi geologiya obyektlariga ekskursiya tashkil etiladi.