Kon-geologiya vazirligi va tizimosti korxonalarida davlat xaridlari jarayonida kontragentlarni tekshirish orqali korrupsiogen xavf-xatarlarini kamaytirish yuzasidan tadbir oʻtkazildi
2024-11-01 17:55:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 1-noyabr kuni Kon-geologiya vazirligi va tizimosti korxonalarida davlat xaridlari jarayonida kontragentlarni tekshirish, manfaatlar toʻqnashuvi va korrupsiogen xavf-xatarlarini aniqlash va oldini olish maqsadida soha masʼul xodimlari oʻrtasida tushuntirish ishlarini olib borish, ularda korrupsiyaga nisbatan murosasiz munosabatni shakllantirish maqsadida maxsus seminar oʻtkazildi.
Mazkur tadbirda Kon-geologiya vazirligi hamda uning tizimosti korxonalarining xaridlar, buxgalteriya, moliya, ichki audit boʻlimlarining masʼul xodimlari va korrupsiyaga qarshi ichki nazorat tuzilmalarining xodimlari ishtirok etdi.
Vazirlikning korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi Sh.Sagʻdullayev yigʻilish ishtirokchilariga vazirlik va tizimosti tashkilotlarida davlat xaridlari jarayonida shaffof va samarali tizimni joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida toʻxtalib oʻtdi.
Tadbirda yakunida mavzuga oid bir qator fikr mulohazalar bildirilib, ishtirokchilarni qiziqtirgan savollarga javob berildi.