Adani Group kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-10-28 15:20:00 / Yangiliklar
2024-yil 28-oktabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov, vazirlik bo‘linmalari hamda tizimosti korxonlari rahbarlari bilan birgalikda Adani Group vakili Ashish Xanna boshchiligidagi delegatsiya vakillarini qabul qildi.

Uchrashuvda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilayotgan ishlar, o‘zaro hamkorlik aloqalarini o‘rnatish, istiqbolli loyihalarga investitsiyalarni jalb qilish masalalari yuzasidan fikr almashildi.




