Geologiya fanlari universitetida kristallograf olim, professor bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2024-10-24 17:50:00 / Yangiliklar
Geologiya fanlari universitetida kristallografiya sohasida ixtisoslashgan italiyalik olim, professor Mikele Zema bilan uchrashuv tashkil etildi.

Tibbiyot, optoelektronika, lazer texnologiyalari, kon sanoati va zargarlik kabi turli sohalarda keng qamrovli tadqiqot tajribasiga ega mutaxassis o‘z ma’ruzasida kristallografiya, uning yangi materiallar, dori-darmonlar, optoelektron qurilmalar va boshqa ko‘plab narsalarni ishlab chiqishdagi ahamiyati haqida ma’lumot berdi.
Shuningdek, uchrashuvda olim talabalar va mutaxassislarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berdi.


