Eksim Holding vakillari bilan uchrashuv: birgalikda loyihalarni amalga oshirish, sohaga investitsiyalarni jalb etish masalalari muhokama qilindi
2026-11-19 11:15:00 / Yangiliklar
2026-yil 18-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Eksim Holding kompaniyasi raisi E. Tivnikli boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida Turkiyaning yetakchi kompaniyalari bilan xususan Eksim Holding bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilindi.
Muloqotda kon-geologiya tarmoqlaridagi hamkorlik istiqbollari, jumladan, foydali qazilma konlarini o‘zlashtirish hamda investitsiyalarni jalb qilish, sohaga ilg‘or texnologiyalarni joriy etish bo‘yicha qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlari ko‘rib chiqildi.




