Geologiya fanlari universiteti delegatsiyasining Xitoyga tashrifi
2026-11-18 17:20:00 / Yangiliklar

Delegatsiya “From AI to Competition Advantage” xalqaro konferensiyasida ishtirok etdi. Shuningdek, Hong Kong universiteti (HKU), Southern University of Science and Technology (SUSTech) hamda texnologik kompaniyalar vakillari bilan geologiya sohasida sun’iy intellektdan foydalanish, raqamlashtirish va ilmiy hamkorlik masalalarini muhokama qildi.
Tashrif doirasida Oxus Metals AI (HK) kompaniyasi bilan 2027-yilda universitet kampusida spin-off kompaniya tashkil etish bo‘yicha hamkorlik shartnomasi imzolandi. SUSTech bilan esa Xitoyning ilmiy grant dasturlariga birgalikda ariza topshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.
Mazkur kelishuvlar geologiya sohasida qo‘shma ilmiy loyihalarni amalga oshirish va innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.





