“OKMK” AJ xodimlariga “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonun talablarini yetkazish maqsadida seminar tashkil etildi
2024-10-21 16:35:00 / Yangiliklar
“OKMK” AJ xodimlariga Oʻzbekiston Respublikasi “Manfaatlar toʻqnashuvi toʻgʻrisida”gi Qonuni, PQ 210-son Prezident qarori mazmun-mohiyati va ahamiyatini yetkazish maqsadida seminar oʻtkazildi.

Tadbirda “OKMK” AJ ijro apparati va tashkiliy boʻlinmalarning masʼul xodimlari ishtirok etdi.
Kon-geologiya vazirligining Korrupsiyaga qarshi ichki nazorat boʻlimi boshligʻi Sh.Sagʻdullayev tomonidan taqdimot materiallari yordamida manfaatlar toʻqnashuvi tushunchasi va turlari, manfaatlar toʻqnashuvining oldini olish maqsadida davlat tashkiloti xodimiga belgilangan cheklovlar toʻgʻrisida, hamda Odob-axloq komissiyasining va davlat organlarining manfaatlar toʻqnashuvi bilan bogʻliq munosabatlarni tartibga solish sohasidagi vakolatlari toʻgʻrisida ma’lumotlar berildi.




