Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi
2026-11-17 12:45:00 / E’lonlar
Mazkur uchrashuvda soha bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari va takliflari tinglanadi.

Sayyor qabul 2026-yil 20-noyabr kuni soat 15:00 da Namangan viloyati, Namangan shahri, Obi-hayot MFY, Istiqlol ko‘chasi, 59-uy, Namangan viloyati Investitsiyalar va tashqi savdo boshqarmasi binosida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topishdir.
Soha mutaxassislari va tadbirkorlarni ochiq muloqotga taklif etamiz.
