“O‘zbekgidrogeologiya” DMda tanqidiy-tahliliy yig‘ilish bo‘lib o‘tdi
2026-11-10 17:40:00 / Yangiliklar
Joriy yilning 10-noyabr kuni “O‘zbekgidrogeologiya” DMda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Hayʼatining kengaytirilgan yigʻilishi bayoni bilan belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, muassasaning 2026-yil 9 oy yakunlari boʻyicha amalga oshirilgan ishlari hamda raqamlashtirish, transformatsiya, iqtisodiy va moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalari muhokama qilindi.

Yig‘ilishda Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziriligi markaziy apparati boshqarma va bo‘limlar boshliqlari, “O‘zbekgidrogeologiya” DM rahbariyati hamda mas’ul xodimlari ishtirok etishdi.
Muassasa rahbar xodimlarining hisobotlari tinglandi. Yig‘ilish yakunida korxonaning 2026-yil uchun rejalarini to‘laqonli bajarish, ijro-intizomini mustahkamlash va boshqa muhim jihatlarni alohida nazoratga olish yuzasidan chora-tadbirlar belgilab olindi.





