Janubiy Koreyaning Chonson shahrida o‘tkazilgan xalqaro simpozium xususida
2026-11-10 16:50:00 / Yangiliklar
Janubiy Koreyaning Chonson shahrida Koreya konlarni rekultivatsiya qilish va mineral resurslar korporatsiyasi (KOMIR) hamkorligida Mining 5.0: Smart mining & Sustainable circular economy nomli xalqaro simpozium bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda qator xalqaro tashkilotlar vakillari, shuningdek Geologiya fanlari universiteti “Gidrogeologiya va muhandislik geologiyasi instituti” DM vakili ishtirok etdi. Institut xodimi O‘zbekistonda kon-ruda obyektlarida georisklarni kompleks o‘rganish mavzusida taqdimot qildi.
Simpoziumda “Sun’iy intellekt va aqlli konchilik: dala amaliyotlariga e’tibor qaratish”, “Muhim minerallarning qiymat zanjiri: strategik hamkorlikni rivojlantirish”, “Chiqindisiz qayta ishlash texnologiyalari: qayta tiklanuvchi tabiiy resurslardan samarali foydalanish”, “Rekultivatsiya va yerlarni qayta tiklash: xalqaro hamkorlikni kengaytirish” kabi dolzarb mavuzlardagi yo‘nalishlar muhokama qilindi.


