Qorabosh intruzivi hududida geologik-qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda
2026-11-09 16:55:00 / Yangiliklar
Geologiya va geofizika instituti ilmiy xodimlari tomonidan “O‘rta va Janubiy Tyan-Shan granitoidlarining petrogenetik turlarini va ularga aloqador endogen ma’dan shakllantiruvchi tizimlarning evolyutsiyasini aniqlash (I-bosqich)” mavzusidagi geologik-qidiruv ishlari amalga oshirilmoqda.

Tadqiqotlar Qorabosh intruzivi hududida olib borilib, unda granitoid jinslarning petrogenetik xususiyatlari, ularning shakllanish sharoitlari hamda ular bilan bog‘liq ma’danlashuv jarayonlari kompleks o‘rganilmoqda.
Hududning geologik tuzilishini chuqurroq o'rganilishi, endogen ma’danlashuv qonuniyatlarini aniqlash hamda istiqbolli ma'danlashuv maydonlarini baholashda muhim ilmiy-amaliy ahamiyat kasb etadi.


