“Yer qa’ridan foydalanish sohasidagi islohotlar: yangi imkoniyatlar, shaffoflik va samaradorlik” mavzusidagi matbuot anjumani haqida
2026-11-06 15:35:00 / Matbuot anjumanlari

Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Kon-geologiya nazorati va noruda xomashyosi bo‘limi boshlig‘i B.Raximov, “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM direktori o‘rinbosarlari F.badalov hamda J.Azimov, Markazning mas’ul xodimlari, OAV va jamoatchilik vakillari ishtirok etishdi.
“Yer qa’ridan foydalanish sohasidagi islohotlar: yangi imkoniyatlar, shaffoflik va samaradorlik” mavzusida o‘tgan tadbir davomida yer qa’ridan foydalanish tizimini takomillashtirish borasida amalga oshirilgan ishlar, tadbirkorlar uchun yaratilgan imkoniyatlar, geologik ma’lumotlar bazasini rivojlantirish va raqamli platformalarni joriy etish natijalari haqida ma’lumot berildi.
Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari vakillarining yer qa’ridan foydalanish, ruxsatnomalar rasmiylashtirish, auksion savdolari, geologik ma’lumotlardan foydalanish hamda raqamlashtirish jarayonlariga oid savollariga vazirlik vakili va Markaz rahbariyati tomonidan batafsil javoblar berildi.







