Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida mutaxassisni jalb qilish bo‘yicha tanlov e’lon qiladi
2026-11-03 17:15:00 / E’lonlar
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi faoliyati doirasida yer qa’ridan foydalanuvchilar hisobotlarining yagona raqamli shablonlarini ishlab chiqish hamda Davlat geologiya fondi ma’lumotlar ombori (DWH) arxitekturasini shakllantirish bo‘yicha malakali ekspertni fuqarolik-huquqiy shartnoma asosida jalb qilish uchun ochiq tanlov e’lon qiladi.
Asosiy vazifalari:
- amaldagi geologik hisobot shakllari va normativ talablarni tahlil qilish hamda ularni xalqaro standartlar bilan qiyoslash;
- turli yer qa’ridan foydalanuvchilarning amaldagi hisobotlarini o‘rganish va yagona raqamli hisobot shakllarini ishlab chiqish;
- hisobotlarning yagona ma’lumotlar tuzilmasi, klassifikatorlari, me’yoriy-ma’lumotnoma axboroti (NSI) va validatsiya qoidalarini shakllantirish;
- Davlat geologiya fondi ma’lumotlar omborining (DWH) tizimli va funksional arxitekturasini ishlab chiqish;
- DWHni ArcGIS Enterprise va boshqa axborot tizimlari bilan integratsiya qilish bo‘yicha talablarni shakllantirish;
- elektron shakllarni avtomatik to‘ldirish, ma’lumotlarni tekshirish va OCR mexanizmlariga qo‘yiladigan talablarni ishlab chiqish.
Nomzodga qo‘yiladigan asosiy talablar:
- geologiya, geoinformatika, axborot texnologiyalari yoki tegishli yo‘nalishda oliy ma’lumot;
- tegishli yo‘nalishda kamida 5 yillik amaliy ish tajribasi;
- geologik ma’lumotlar, ma’lumotlar bazalari, DWH yoki geoaxborot tizimlari bilan ishlash tajribasi;
- foydali qazilmalar zaxiralarining milliy tasnifi hamda xalqaro hisobot standartlari bo‘yicha bilim;
- GIS, ma’lumotlar modeli va ma’lumotlar integratsiyasi bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar;
- texnik topshiriqlar va ma’lumotlar spetsifikatsiyalarini ishlab chiqish tajribasi.
Quyidagi yo‘nalishlarda tajriba mavjudligi afzallik hisoblanadi:
- CRIRSCO (JORC, NI 43-101, SAMREC, PERC), GeoSciML, EarthResourceML, ArcGIS Enterprise, PostgreSQL/PostGIS, DWH, ETL, JSON/XML Schema va OCR.
Tanlovda ishtirok etish niyati bo‘lgan nomzodlar quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari lozim:
- CV/rezyume;
- oliy ma’lumot va malakani tasdiqlovchi hujjatlar;
- mavjud bo‘lsa, sertifikat va malaka hujjatlari;
- amalga oshirilgan o‘xshash loyihalar haqida qisqacha ma’lumot;
- mavjud bo‘lsa, avvalgi ish beruvchi yoki buyurtmachilarning tavsiyanomalari.
Hujjatlar elektron shaklda N.Tuxtamisheva@mingeo.uz manziliga yuborilishi lozim.
Batafsil vazifalar, ish natijalari va nomzodga qo‘yiladigan texnik talablar quyida keltirilgan:
