Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi Hayʼatining kengaytirilgan yigʻilishi o‘tkazildi
2026-11-02 14:25:00 / Yangiliklar

Togʻ-kon sanoati va geologiya vaziri B.Islamov rahbarligida oʻtgan yig‘ilishda Vazirlar Mahkamasi mas’ul xodimi I.Jumayev, vazirlik markaziy apparati departament, boshqarma va bo‘limlar boshliqlari, tizimosti korxonalar rahbarlari ishtirok etishdi.
Vazir o‘rinbsoari U.Yusupov Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirligining 2026-yil 9 oy yakunlari boʻyicha togʻ-kon sanoati va geologiya sohasida amalga oshirilgan ishlar hamda iqtisodiy va moliyaviy-xoʻjalik faoliyati natijalari toʻgʻrisida hisobotni o‘qib eshittirdi. Hisobot davridagi natijalar, kelgusi rejalar, muammoli masalalar va ularning yechimi yuzasidan takliflar muhokama qilindi.
Shuningdek, yig‘ilishda Texnologik transformatsiya markazi, “NKMK” AJ, “OKMK” AJ, “Navoiyuran” DK, “O‘zmetkombinat” AJ, “O‘zTMK” AJ, “Yer qa’ridan foydalanish markazi” DM, Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasini nazorat qilish bo‘yicha inspeksiya, “O‘zbekgidrogeologiya” DM, Geologiya fanlari universiteti rahbarlarining hisobotlari tinglandi.
Yig‘ilish yakunida soha oldida turgan dolzarb vazifalarni bajarish, ijro-intizomini mustahkamlash, raqamlashtirish jarayonlarini alohida nazoratga olish yuzasidan amalga oshiriladigan chora-tadbirlar belgilab olindi.









