Yevroosiyo taraqqiyot banki bilan hamkorlik istiqbollari muhokama qilindi
2026-10-30 18:15:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligida vazirning birinchi o‘rinbosari Feruza Xamidova Yevroosiyo taraqqiyot banki (YTB) Boshqaruvi raisi o‘rinbosari Aleksey Skatin boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashdi.

Muzokaralar davomida O‘zbekistonning tog‘-kon sanoati va metallurgiya sohalarida investitsiyaviy hamkorlikni kengaytirish, moliyalashtirish manbalarini jalb etish hamda istiqbolli loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Bank vakillari iqtisodiy salohiyatga ega loyihalarni moliyalashtirishga qiziqish bildirib, O‘zbekiston tomoni takliflarini ko‘rib chiqishga tayyor ekanliklarini ta’kidladilar. Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni davom ettirish va uning istiqbolli yo‘nalishlarini ishlab chiqish bo‘yicha kelishib oldilar.



