Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi hamda “Kongeotexnazorat” inspeksiyasi rahbariyati ishtirokida matbuot anjumani o‘tkazildi
2026-10-29 15:15:00 / Matbuot anjumanlari

Tadbirda Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligining Kon-geologiya nazorati va noruda xomashyosi bo‘limi boshlig‘i B.Raximov, Inspeksiya boshlig‘i J.Adilov, boshliq o‘rinbosari O.Zaripov va idoraning boshqa mas’ullari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Anjumanda 2026-yilning to‘qqiz oyida amalga oshirilgan ishlar, aniqlangan qonunbuzilishlar, ularning oldini olish choralari va nazorat tizimini takomillashtirish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.
Matbuot anjumani yakunida ommaviy axborot vositalari vakillarining yer qa’ridan foydalanish, aniqlangan qonunbuzilishlar, sanoat xavfsizligi, tadbirkorlik subyektlari faoliyati va raqamlashtirish loyihalariga oid savollariga javoblar berildi.









