Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi
2026-10-28 17:35:00 / E’lonlar
Mazkur uchrashuvda soha bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari va takliflari tinglanadi.

Sayyor qabul 2026-yil 29-oktabr kuni soat 15:00 da Qashqadaryo viloyati, Qarshi shahri, Mustaqillik shox ko‘chasi, 1-uy, Qashqadaryo viloyati hokimligi binosida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topishdir.
Soha mutaxassislari va tadbirkorlarni ochiq muloqotga taklif etamiz.
