Tog‘-kon sanoati va geologiya sohasi korxonalari InnoWeek–2026 ko‘rgazmasida ishtirok etmoqda
2026-10-28 16:10:00 / Yangiliklar

Ko‘rgazmada Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi tizimidagi korxona va tashkilotlar, jumladan, O‘zbekiston texnologik metallar kombinati, Olmaliq kon-metallurgiya kombinati, Geologiya fanlari universiteti, Mineral resurslar instituti, Geologiya va geofizika instituti hamda boshqa soha tashkilotlari ishtirok etmoqda.
Tadbir doirasida sohaning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish salohiyati, mineral-xomashyo resurslarini o‘rganish va o‘zlashtirishning zamonaviy yondashuvlari, shuningdek, geologiya va tog‘-kon sanoati yo‘nalishidagi istiqbolli ishlanmalar namoyish etilmoqda. Ilmiy yutuqlarni amaliyotga tatbiq etish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish o‘rtasidagi hamkorlikni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.
Ko‘rgazma tajriba almashish, xorijiy hamkorlar bilan ishbilarmonlik aloqalarini yo‘lga qo‘yish va qo‘shma loyihalarni amalga oshirish imkoniyatlarini muhokama qilish uchun maydon bo‘lib xizmat qilmoqda. Xalqaro haftalik 29-oktabrga qadar davom etadi.









