Andijon viloyatida sayyor qabul o‘tkazildi
2026-10-27 18:15:00 / Yangiliklar
Andijon viloyati Xo‘jaobod tumani hokimligi binosida Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan aholi hamda tadbirkorlar uchun sayyor qabul tashkil qilindi.

Unda vazir o‘rinbosari R. Yusupov, tizimosti korxonalarning mutasaddilari hamda tegishli idoralar vakillari ishtirok etdi.
Qabul davomida fuqarolar va tadbirkorlar tomonidan bildirilgan murojaatlar atroflicha ko‘rib chiqildi. Murojaatlar yuzasidan huquqiy tushuntirishlar berilib, muammolarni bartaraf etish bo‘yicha aniq va amaliy yechimlar taklif etildi. Ayrim masalalar sayyor qabul davomida hal etildi.
Mas’ul tashkilotlarga aniq vazifalar yuklatilib, ularning ijrosi nazoratga olindi.


