KOMIR va SOAM korporatsiyalari vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-10-22 14:55:00 / Yangiliklar
2026-yil 22-oktabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vaziri o‘rinbosari R.Yusupov, vazirlik, “O‘zbekgidrogeologiya” DM hamda “GIDROINGEO instituti” DM mutasaddilari bilan birgalikda Koreya konlarni rekultivatsiya qilish va mineral resurslar korporatsiyasi (KOMIR) va SOAM korporatsiyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

KOICA tomonidan moliyalashtirilayotgan “Oʻzbekistonda foydali qazilmalar va geologik ofatlar uchun integratsiyalashgan boshqaruv tizimini yaratish” KOICA ODA loyihasi doirasida amalga oshirilgan ishlar, jumladan Toshkent viloyatining Angren hududida dala tadqiqotlarini o‘tkazish va loyihada ko‘zda tutilgan asbob-uskunalarni ko‘chki maydoniga o‘rnatish masalalar muhokama qilindi.
Muloqot davomida kelgusida yangi loyihalar ustida hamkorlikda ishlash, istiqboldagi yo‘nalishlarni belgilash bo‘yicha takliflar chiqish yuzasidan fikr almashildi.





