Sasol Limited kompaniyasi vitse-prezidenti bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-10-21 17:55:00 / Yangiliklar
2026-yil 21-oktabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F.Xamidova Janubiy Afrika Respublikasining Sasol Limited kompaniyasi Yaqin Sharq va Markaziy Osiyo mintaqalari bo‘yicha vitse-prezidenti Lourens Jakobs bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Tomonlar hamkorlikni kengaytirish istiqbollarini, jumladan, xomashyoni chuqur qayta ishlash sohasida Sasol kompaniyasining ilgʻor texnologiyalarini qoʻllash imkoniyatlarini muhokama qildilar.
Shuningdek, muloqot davomida Oʻzbekiston koʻmir sanoatining salohiyati hamda ushbu yoʻnalishda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish istiqbollariga alohida eʼtibor qaratildi.


