Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati tomonidan aholi va tadbirkorlar uchun sayyor qabul o‘tkaziladi
2026-10-20 16:30:00 / E’lonlar
Mazkur uchrashuvda vazirning birinchi o‘rinbosari F. Xamidova ishtirok etib, soha bo‘yicha fuqarolarning murojaatlari va takliflarini tinglaydi.

Sayyor qabul 2026-yil 22-oktabr kuni soat 11:00 da Jizzax viloyati, Jizzax shahri, Sh.Rashidov ko’chasi, 117-uy, Jizzax viloyati Xalq qabulxonasida bo‘lib o‘tadi.
Ushbu tadbirning asosiy maqsadi – tog‘-kon sanoati va geologiya sohasidagi muammolarni joyida o‘rganish va ularga tezkor yechim topishdir. Soha mutaxassislari va tadbirkorlarni ochiq muloqotga taklif etamiz.
