Altıntepe Madencilik kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-10-15 16:15:00 / Yangiliklar
Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari F.Xamidova, vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Turkiyaning Altıntepe Madencilik kompaniyasi bosh direktori Gyulsun Atagyun boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv oʻtkazdi.

Muloqot davomida sohada amalga oshirilayotgan islohotlar, “Yer qa’ri to‘g‘risidagi” qonunning yangi tahriri qabul qilingani, tadbirkorlar va investorlarga shaffof mexanizmlar asosida “E-auksion” platformasi orqali istiqbolli maydonlar taklif qilinayotgani, kombinatlarda amalga oshirilayotgan loyihalar haqida ma’lumot berildi.
Shuningdek, tomonlar hamkorlik aloqalarini mustahkamlash, investitsiya loyihalarini ko‘rib chiqish masalalarini muhokama qildilar.


