Tog‘-kon sanoatidagi yangiliklar va innovatsiyalar eʼtirof etildi
2026-10-13 12:35:00 / Yangiliklar

Ishlab chiqarish samaradorligini oshirish va muhandislik-texnik gʻoyalarni qoʻllab-quvvatlashga qaratilgan ushbu tanlovda gʻoliblar quyidagi nominatsiyalar boʻyicha munosib taqdirlandilar:
1-oʻrin — “Yilning eng yaxshi ratsionalizatorlik taklifi”:
“Navoiy KMK” AJ vakili
2-oʻrin — “Yilning eng yaxshi amaliy taklifi”:
“Navoiyuran” DK vakili;
3-oʻrin — “Yilning eng yaxshi innovatsion yondashuvi”:
“Olmaliq KMK” AJ vakili;
“Yilning eng yosh ratsionalizatori”:
“Oʻzbekkoʻmir” AJ vakili.
Shuningdek, tadbirda 1-oktabr — Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan Vazirlik tizimidagi 4 ta oliy taʼlim muassasasida uzoq yillardan beri samarali faoliyat yuritib kelayotgan, yoshlarga chuqur bilim va tarbiya berishda alohida jonbozlik koʻrsatgan ustoz-murabbiylar eʼtirof etildi.




