AOKAda Kon-geologiya vazirligining matbuot anjumani o‘tkazildi
2024-09-30 17:15:00 / Matbuot anjumanlari

Tadbirda spikerlar Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi bo‘lim boshlig‘i O.Qodirov, Geologiya fanlari unversiteti rektori M.Isoqov hamda universitet prorektori L.Sharafutdinova tomonidan sohada ta’limga berilayotgan e’tibor, universitetda talabalarga yaratilgan shart-sharoitlar, erishilayotgan yutuqlar, xalqaro hamkorlik natijasida xorij oliygohlari bilan amalga oshirilayotgan loyihalar yuzasidan ma’lumot berishdi.
Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan berilgan tog‘-kon sanoati va geologiya sohasida yoshlarni ish bilan ta’minlash, talabalarning nazariy va amaliy bilimlarini mustahkamlash, ularning sohada o‘z o‘rnini topishi uchun ko‘maklashish borasida qilinayotgan ishlar haqidagi savollarga javoblar berildi.






