Kanadaning Thrust Belt Imaging kompaniyasi delegatsiyasi bilan uchrashuv xususida
2026-10-09 11:15:00 / Yangiliklar
2026-yil 8-oktabr kuni Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi rahbariyati Kanadaning Thrust Belt Imaging (TBI) kompaniyasi prezidenti Greg Kemeron boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda seysmik ma’lumotlarni qayta ishlash, geofizika va geologiya-qidiruv sohalarida hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi.
Xususan, yer osti qatlamlarini vizuallashtirishning zamonaviy texnologiyalari va bu sohadagi Kanada tajribasi, geologik ma’lumotlarni mahalliy saqlash va ulardan foydalanish talablari, shuningdek energetika va mineral resurslar sohasida hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.




