Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki ekspertlari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
2026-10-08 17:40:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F. Xamidova Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YTTB) ekspertlari Paul Moffatt, Erik Rasmussen va Metyu Starnes bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda tog‘-kon sanoati va geologiya yo‘nalishlarida hamkorlikni rivojlantirish, xususan, qonunosti normativ-huquqiy hujjatlarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.
Bundan tashqari, investitsiya loyihalarini tayyorlash va ularga investorlarni jalb etish jarayonlarida texnik ko‘mak ko‘rsatish imkoniyatlari yuzasidan fikr almashildi.



