“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ: Qayrag‘och ma’danli maydoni uchastkasida amalga oshirilayotgan ishlari haqida
2024-09-27 17:45:00 / Yangiliklar
“O‘zbek geologiya qidiruv” AJ Toshkent Markaziy geologiya qidiruv ekspeditsiyasi Sharqiy-Qurama dala ekspeditsiyasi xodimlari tomonidan Qayrag‘och maʼdanli maydonidagi Oqtuproq va Bedanalisoy uchastkalarida yer usti tog‘ lahim o‘tish hamda yer usti burgʻilash ishlari olib borilmoqda.

Bundan tashqari Geologiya fanlari universiteti Geologiya va geofizika instituti tomonidan ruda va yondosh togʻ jinslarining geokimyoviy xususiyatlari ham oʻrganilmoqda.
Qurama togʻ tizmasining shimoliy yon bagʻirlarida joylashgan Qayragʻoch maʼdanli maydonidagi mazkur loyiha oltin va kumush maʼdanlarini izlash va baholash uchun amalga oshirilmoqda.



