YTTB konsultantlari ishtirokida seminar o‘tkazilmoqda
2026-10-05 16:55:00 / Yangiliklar

Tadbirni vazir o‘rinbosari R.Yusupov kirish so‘zi bilan ochib berdi, u o‘z nutqida soʻnggi yillarda sohada olib borilayotgan islohotlarning asosiy maqsadi – yer qaʼridan foydalanishda ochiq, shaffof va investorlar uchun jozibador muhit yaratish ekanligini alohida ta’kidladi.
“Yer qa’ri to‘g‘risidagi” Qonunning qoʻllanilishi nomli sessiyada qabul qilingan qonun doirasida ishlab chiqilgan normativ-huquqiy hujjatlar, xususan yer qaʼridan foydalanish huquqini berish, yaʼni litsenziyalash tartibi taqdimotlar asosida batafsil koʻrib chiqildi.
Ertaga 6-oktabr kuni Tog‘-kon loyihasi bosqichlari (investitsiya va moliyalashtirish) hamda Sanoat uchun muhim minerallar loyihalariga xorijiy investitsiyalarni jalb qilish kabi mavzular muhokama qilinadi.









