Yuta universiteti delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-10-02 17:30:00 / Yangiliklar

Uchrashuv avvalida xorijiy delegatsiya vakillari samimiy mehmondoʻstlik uchun minnatdorlik bildirib, Oʻzbekiston va Yuta universiteti oʻrtasidagi ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yanada rivojlantirish muhimligini qayd etdilar.
Muloqot davomida vazirlik tomonidan geologiya va togʻ-kon sohalarida ilmiy-tadqiqot ishlarini rivojlantirish, soha mutaxassislarining malakasini oshirish, shuningdek, zamonaviy texnologik yoʻnalishlarda qoʻshma loyihalarni amalga oshirish boʻyicha hamkorlikni kengaytirish muhimligi taʼkidlandi.
Yuta universiteti vakillari taʼlim yo‘nalishlaridagi hamkorlikni rivojlantirish, xususan, soha uchun yuqori malakali kadrlar tayyorlash va ilmiy-tadqiqotlarda aloqalarni kengaytirishga qiziqish bildirdilar.



