Zomin tumanida investitsiya loyihasi muhokama qilindi
2026-10-02 16:35:00 / Yangiliklar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining joriy yil 25-sentabr kuni Xitoy hukumati va JDB Group kompaniyasi vakillari bilan o‘tkazgan uchrashuvida erishilgan kelishuvlar doirasida Zomin tumanida investitsiya loyihasini amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.

Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirligi, “O‘zbekgidrogeologiya” DM hamda Zomin tumani hokimligi vakillari hududda alkogolsiz ichimliklar ishlab chiqarishni tashkil etish uchun yer osti suvlarining holati, mavjud yer maydonlari va JDB Group kompaniyasini jalb etish masalalarini ko‘rib chiqdi.
Loyihani qisqa muddatlarda samarali amalga oshirish maqsadida ishchi guruh tuzish, yo‘l xaritasini ishlab chiqish hamda bajarilayotgan ishlarni muntazam muhokama qilib borish bo‘yicha kelishib olindi.

