Bay Tau Minerals kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazildi
2026-10-02 09:35:00 / Yangiliklar
Tog‘-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi o‘rinbosari F.Xamidova tegishli departament hamda boshqarma boshliqlari ishtirokida “Bay Tau Minerals” kompaniyasi vakillari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuvda sohaga investitsiyalarni jalb qilish, “E-auksion” platformasi orqali istiqbolli yer maydonlarining tadbirkorlar va investorlarga taklif qilinayotgani, loyihalarni birgalikda amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Xorijiy kompaniya vakillari O‘zbekistondagi istiqbolli maydonlarda geologiya qidiruv ishlarini amalga oshirish, hamkorlikda ishlarni tashkil qilishga qiziqish bildirdi.

