YeI Xalqaro hamkorlik boʻyicha Bosh direksiyasi (DG INTPA) Osiyo va Tinch okeani mintaqasi boʻyicha direktori boshchiligidagi delegatsiya bilan o‘tkazilgan uchrashuv xususida
2026-09-30 17:15:00 / Yangiliklar
Oʻzbekiston Respublikasi Togʻ-kon sanoati va geologiya vazirining birinchi oʻrinbosari F.Xamidova, vazirlik mutasaddilari bilan birgalikda Yevropa Ittifoqining Xalqaro hamkorlik boʻyicha Bosh direksiyasi (DG INTPA) Osiyo va Tinchokeani mintaqasi boʻyicha direktori Peteris Ustubs boshchiligidagi delgatsiya vakillarining uchrashuvi oʻtkazildi.

Uchrashuvda Oʻzbekiston va Yevropa Ittifoqi oʻrtasida kritik muhim xomashyo (CRM) sohasidagi strategik hamkorlikning joriy holati va uni yanada rivojlantirish istiqbollari muhokama qilindi.
Shuningdek, tomonlar geologiya-qidiruv ishlari, mineral xomashyoni qazib olish, qayta ishlash va boyitish, zamonaviy va barqaror texnologiyalarni joriy etish, kadrlar salohiyatini rivojlantirish hamda Yevropa investitsiyalarini sohaga jalb qilish masalalari yuzasidan fikr almashdilar.



